AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton Donald Trampning Rossiya va Xitoy bilan munosabatlar uchun uzoq muddatli strategiyasi yo‘qligini aytdi.
Bundan tashqari, Jon Boltonning so‘zlariga ko‘ra, Trampning KXDR bilan muzokaralari shu qadar "samara berdiki", Shimoliy Koreya ikki Koreya davlatining qo‘shma aloqa markazini portlatdi. Shu bilan birga, Pxenyan yadro va raketa dasturi ustida ishlashni davom ettirdi.
Shuningdek, Amerika rahbari uch yil davomida Eronni ushlab turolmadi, deb yozadi The Telegraph.
Bolton Trampni milliy va o‘z manfaatlarini bir-biridan farqlay olmaslikda va qobiliyatsizlikda aybladi. Uning fikricha, prezident davlat ishlarini go‘yo "oilaviy biznesi" kabi hal qiladi va ertasi kuni qarorni osongina o‘zgartirishi mumkin.