Saudiya Arabistoni va Isroil Trampni Eronga hujum qilishga undagan — The Washington Post.
Nashrning vaziyatdan xabardor manbalariga ko‘ra, Isroil va Saudiya Arabistonining bir necha haftalik lobbi harakatlaridan so‘ng, AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi yirik harbiy kampaniyani boshlagan.
"Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eronga zarbalar berishga ochiqchasiga chaqirgan. Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud omma oldida diplomatik harakatlarni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, shaxsiy qo‘ng‘iroqlarda Trampni Eronga hujumga undagan", deya yozmoqda The Washington Post.