Qatar tomonidan AQSh prezidenti Donald Trampga sovg‘a qilingan Boeing 747 samolyotini sug‘urtalash uchun umumiy xarajatlar yiliga 1 mln dollarga yetishi mumkin.
Rossiyaning Mains sug‘urta brokeri tahlilchilarining hisob-kitobi shundan dalolat beradi, deb yozadi RIA Novosti.
Qayd etilishicha, havo kemasining maksimal uchish og‘irligi 400-500 tonnani tashkil etadi va bunday og‘irlikdagi sug‘urta qoplamasining standart chegaralari 750 million dollardan 1 milliard dollargacha.