Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Trampga qo‘shilgan ovozlar g‘alaba keltirdi

A A A
Trampga qo‘shilgan ovozlar g‘alaba keltirdi

AQSh prezidenti Donald Trampning Alyaska shtatidagi saylovlarda g‘alabasi ta’minlandi. Bu esa Trampga saylovchilar hay’ati vakillarining yana 3 ta ovozini beradi.

NBC va CNN telekanallarining ma’lum qilishicha, Tramp shtatdagi saylov byulletenlarining 75 foizi qayta ishlangandan keyin 57 foiz, uning raqibi Jo Bayden esa 39,1 foiz ovoz oldi. 

Shu tariqa Trampning hisobida endilikda saylovchilar hay’ati vakillarining 217ta ovozi bor. Bayden hisobida esa 259 ta ovoz bor. Chunki Baydendan 20 ovoz olib tashlandi. 

Bir qator shtatlarda ovozlar hisoblanishi davom etmoqda.

Tramp saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olmayapti. Uning ta’kidlashicha, saylovlar vaqtida ovozlar soxtalashtirilishi va firibgarliklarga yo‘l qo‘yilgan. Shuning uchun ham prezident bu holatlar bo‘yicha sudlashmoqchi

Kiritildi: 07:10 12.11.2020. O'qildi: 13308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik