Bugun 23 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Tramp va Merkel kelisha olmay qoldi

Tramp va Merkel kelisha olmay qoldi

Germaniya kansleri Angela Merkel va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida qizg‘in munozara kelib chiqdi. Bu haqda Politico xabar bermoqda.

Amerika rasmiylarining ismi oshkor etilmagan vakiliga ko‘ra, shu hafta boshidagi telefon suhbati chog‘ida ikki mamlakat rahbarlari NATO va Xitoy bilan bog‘liq masalalarda ham kelisha olmagan.

AQSh va Germaniya rasmiylari ushbu xabarlarga izoh berishmagan.

Merkel Trampning taklifiga binoan G7 sammitida Vashingtonga borishdan bosh tortdi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, u koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olgan holda, iyun oyi oxirida Oq uyda o‘tkaziladigan yig‘ilishda shaxsan ishtirok eta olmagan.

Kiritildi: 12:42 30.05.2020. O'qildi: 3080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!