Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp o‘zining montaj qilingan videosi uchun BBC'dan besh milliard dollargacha tovon undirmoqchi

Tramp o‘zining montaj qilingan videosi uchun BBC'dan besh milliard dollargacha tovon undirmoqchi

AQSh prezidentining aytishicha, u kelasi hafta teleradiokompaniyaga qarshi sud da’vosini kiritishi mumkin. Bunga sabab, BBC'ning Panorama dasturida uning nutqi tahrirlangan holda efirga uzatilgan.

"Menimcha, shunday qilishim kerak, chunki ular aldashganini tan olishdi. Ular men aytgan so‘zlarni o‘zgartirib yuborishgan", — dedi AQSh prezidenti.


2024 yil oktyabr oyida, AQSh prezidentlik saylovlariga bir hafta qolganda, BBC'da Panorama dasturining yangi soni efirga uzatilgan edi. Unda 2021 yil 6 yanvardagi AQSh Kongressi binosiga (Kapitoliy) bostirib kirish haqida so‘z borgan. Videoda Trampning ikki xil chiqishidan parchalar birlashtirib tahrirlangan, bu esa u yig‘ilganlarni tartibsizlik va zo‘ravonlikka chaqirgandek taassurot uyg‘otgan.

Tahrirlangan nutq bilan bog‘liq mojaro ortidan BBC bosh direktori Tim Deyvi va BBC News yangiliklar bo‘limi rahbari Debora Terness iste’foga chiqdi. Shu bilan birga, BBC Trampdan uning nutqini montaj qilgani uchun uzr so‘radi, biroq kompensasiya to‘lashdan bosh tortdi.

Kiritildi: 16:14 15.11.2025. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!