Tramp o‘z tarafdorini Federal zaxira tizimi rahbari lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatdi, bu AQSh markaziy bankining mustaqilligiga tahdid solishi mumkin — BBC.
So‘nggi paytlarda Tramp ma’muriyati Federal zaxira tizimiga (FZT) bosimni kuchaytirgan, tanqidchilar esa bu moliyaviy tuzilmaning siyosiy ta’sirdan mustaqilligi xavf ostida qolayotganini ta’kidlamoqda.
Kevin Uorsh 2026 yil may oyida amaldagi FZT rahbari Jerom Pauellni o‘rnini egallashi mumkin. U to‘rt yil muddatga tayinlanadi va bu tayinlov AQSh Senati tomonidan tasdiqlanishi lozim.
55 yoshli Kevin Uorshning qaynotasi Donald Trampning sinfdoshi milliarder Ronald Lauder bo‘lib, u Oq uy rahbarini Grenlandiyani sotib olishga undagan shaxslardan biridir. Uorshning rafiqasi Jeyn Lauder — mashhur kosmetik brend Este Lauder asoschisining nabirasi.
Avvalroq Tramp Federal zaxira tizimi boshqaruv kengashi a’zosi Liza Kukni ipoteka krediti firibgarligida ayblab, uni lavozimidan bo‘shatishga uringan edi. Bu holat sud muhokamasiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari Tramp FZT rahbari Jerom Pauellni tanqib qilib keladi.