The Telegraph nashrining yozishicha, AQSh mustaqilligining 4 iyul kuni nishonlanadigan 250 yilligi arafasida Donald Tramp ishonch va muvaffaqiyat namoyish etayotganiga qaramay, o‘z ma’muriyatining muvaffaqiyatsizliklaridan juda g‘azabda va undan chetlatish mumkin bo‘lgan "aybdorlarni" qidirmoqda.
"Uning kayfiyati juda yomon. U Oq uy xodimlaridan juda norozi, chunki hamma narsa kutilganidek ketmayapti. So‘rovnomalar natijalari yomon va u vaziyatni to‘g‘irlash uchun hech kim hech narsa qilmayapti, deb hisoblamoqda", — deydi nashrga manbalardan biri.
Gazeta suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Tramp shu yilning kuzida AQSh Kongressiga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda respublikachilarning mag‘lubiyatga uchrashi ehtimolidan shu qadar xavotirdaki, o‘z atrofidagilardan kim hali ham foydali faol, kim esa ortiqcha yukka aylanganini diqqat bilan baholashni boshlagan.