AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus sabab vafot etgan fuqarolari haqida tinmay o‘ylayotgani bois kechasi uxlay olmayotganini ma’lum qildi.
Bu haqda u ABC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Pandemiya natijasida qarindoshlarini yo‘qotgan vatandoshlariga murojaat qilgan Oq Uy rahbari ularni sevishini va COVID-19ni yo‘q qilishini ta’kidladi.
"Bizning dushmanimiz bor va biz uni yengishimiz kerak", dedi Tramp.
Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda 1,2 milliondan ortiq koronavirus infekiyasi aniqlangan, 71 mingdan ortiq odam vafot etgan.