Shuning uchun ham Rossiya bilan muzokara olib borishga to‘g‘ri keladi
AQShning saylangan prezidenti Ukrainani NATOga taklif qilish boshidanoq xato bo‘lganini aytdi.
NATO tarkibidagi Ukraina – katta muammo. Men ularning his-tuyg‘ularini tushunaman. Va bu masala bo‘yicha muzokaralarda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yildi. Tushunishimcha, Ukraina va Rossiya deyarli kelishuvga erishgandilar, biroq Bayden Ukraina NATO a’zosi bo‘lishi kerakligini aytdi. Va kelishuv amalga oshmadi”, deydi u jurnalistlar oldidagi chiqishida.