AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainani "Rossiyaning bir qismi" deb hisoblaydi", dedi Trampning sobiq xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Avstriyaning "Puls 24" telekanaliga bergan intervyusida.
Boltonning aytishicha, u Trampga Ikkinchi Jahon urushidan keyin bo‘linib ketgan Koreya yarim orolidagi vaziyatni bir necha bor tushuntirgan. Tramp esa Ukraina bilan ham "qisman bir xil muammo" borligini ilgari surdi va u "prinsipial jihatdan Rossiyaning bir qismi", deb ta’kidladi.
Bolton Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi sifatida 2018 yil aprelidan 2019 yil sentyabrigacha ishlagan va Trampning takliflari bilan "kuchli ziddiyat" tufayli ishdan bo‘shatilgan.