AQSh prezidenti Donald Tramp tez orada Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha "juda yaxshi takliflar" bo‘lishini kutmoqda. Bu haqda "TASS" yozmoqda.
Salvador prezidenti Nayib Bukele bilan uchrashuv chog‘ida Oq uyda jurnalistlarga bergan intervyusida AQSh yetakchisi shunday dedi: "Va qo‘limdan kelganicha, buni to‘xtatishga harakat qilish. Men shuni istayman. Men odamlarning o‘limini to‘xtatmoqchiman. Va o‘ylaymanki, biz bunga muvaffaq bo‘ldik" - dedi Tramp.
Donald Tramp o‘zi atagan juda yaxshi takliflar tez orada paydo bo‘lishiga umid bildirdi.