AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘i rahbari Devin Nunyesni razvedka bo‘yicha maslahat kengashi raisi lavozimiga tavsiya qildi.
Bu haqda Amerika yetakchisining o‘zi Truth Social nashriga yozdi.
"Men "Truth Social" bosh direktori Devin Nunyesni Prezident huzuridagi razvedka bo‘yicha maslahat kengashi raisi etib tayinlaganimni mamnuniyat bilan e’lon qilaman," - deyiladi xabarda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, "Vakillar palatasi razvedka qo‘mitasi raisi sifatidagi ish tajribasi" Nunyesga yangi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga imkon beradi.