«Trampning siyosiy tiklanishi Amerika tarixida misli ko‘rilmagan», deb ta’kidladi Time.
Jurnal 78 yoshli tadbirkor va siyosatchining birinchi muddati «sharmandalik» va Kapitoliyga bostirib kirish bilan yakunlanganini eslatdi. Bundan tashqari, Trampga qarshi bir necha jinoiy ish ochilgan. Shu fonda Respublikachilar partiyasi undan yuz o‘girdi. Biroq tadbirkor keyinchalik partiyaning praymerizlarida g‘alaba qozondi va prezidentlikka nomzod bo‘ldi.
U Amerika tarixida avvalgi saylovlarda mag‘lub bo‘lgach, Oq uyga qaytgan ikkinchi sobiq davlat rahbari bo‘ldi.
Bungacha Grover Klivlend bunga erishgan edi - 1888 yilda u ikkinchi muddatga saylana olmadi, ammo to‘rt yildan so‘ng g‘alaba qozondi.
«Yil odami» unvoniga nomzodlar orasida Yuliya Navalnaya, Kamala Xarris, Ilon Mask, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu, Meta bosh direktori Mark Sukerberg, komediyachi va podkaster Jo Rogan va boshqalar bor edi.