Tramp Texas shtatining Kerr okrugida yuzaga kelgan halokatli suv toshqinlari sababli hududda favqulodda holat rejimini joriy qilganini e’lon qildi.
The New York Times gazetasining xabar berishicha, Texasda kuchli yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida 68 kishi halok bo‘lgan.
Mahalliy hokimiyat vakillari ma’lumotiga ko‘ra, Kerr okrugida halok bo‘lganlar soni kamida 59 kishini tashkil etmoqda, yana ko‘plab insonlar bedarak yo‘qolgan.
Mutaxassislar Texasdagi daryolar yaqinida yashovchi aholiga xavfsiz hududlarga evakuasiya qilish bo‘yicha ogohlantirish bergan.