Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Tramp: "Szinpin yaxshi inson, u mening do‘stim"

A A A
Tramp: "Szinpin yaxshi inson, u mening do‘stim"

TikTok xizmatini sotish bo‘yicha kelishuv AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo mojarosi hal etilgunga qadar qoldiriladi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.

"Ochig‘i, hozir Xitoy TikTok bo‘yicha shartnoma imzolashga unchalik ishtiyoqi yo‘q. Bizda juda yaxshi odamlar, bu vazifani a’lo darajada bajarayotgan juda boy kompaniyalar bilan kelishuvimiz bor. Lekin Xitoy bilan bundan keyin nima bo‘lishini tushunish uchun kutishga to‘g‘ri keladi", - dedi u.

AQSh prezidenti, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini tasdiqladi.

"Albatta. U mening do‘stim. Menga yoqadi. Men uni hurmat qilaman", - dedi Tramp Xitoy rahbari bilan uchrashishga tayyormi, degan savolga. "Ammo ular bizning mamlakatimizga yaxshi munosabatda bo‘lishmayapti" - dedi Tramp Xitoy rasmiylariga ishora qilib.

Kiritildi: 14:59 10.04.2025. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!