Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Somalidan Amerika qo‘shinlarini olib chiqmoqda

A A A
Tramp Somalidan Amerika qo‘shinlarini olib chiqmoqda

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Pentagonga Somalida joylashgan deyarli barcha Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketishni buyurdi, deb xabar bermoqda “The Wall Street Journal”  o‘z manbalariga asoslanib.

Manba xabariga ko‘ra, 700 ga yaqin AQSh harbiylari Somalidan Keniya va Jibutidagi bazalarga joylashtiriladi. Hisobotga qaraganda, qo‘shinlar Somalidan kelasi yil boshida chiqib ketishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, AQSh harbiy kuchlari Somalidagi "Al-Qoida" terrorchilik tashkilotining mahalliy tashkilotiga qarshi qisqa muddatli aksilterror operasiyalarini davom ettiradi.

Kiritildi: 22:14 05.12.2020. O'qildi: 2132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik