"Javob berilishi kerak bo‘lgan asosiy savol shundaki, Xitoy raisi Si Xitoyga erkinlikni qo‘lga kiritishida yordam berish uchun AQSh tomonidan ko‘rsatilgan ulkan yordam va qurbonliklar haqida eslatib o‘tadishi yoki yo‘qligi. Ko‘plab amerikaliklar Xitoyning ozodlik va g‘alaba uchun olib borgan kurashida halok bo‘lgan", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Shuningdek, Tramp Xitoy rahbariga va xitoy xalqiga “bayramni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish”ni tiladi.
"Iltimos, Qo‘shma Shtatlarga qarshi fitna uyushtirayotganingizda Vladimir Putin va Kim Chen In uchun eng samimiy tilaklarimni etkazing", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.