Gruziyada bo‘lib o‘tgan mitingda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp Jo Bayden ma’muriyati tomonidan yaqinda uyushtirilgan Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi mahbuslar almashinuviga izoh berdi. Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tabriklab, kelishuvni Rossiya uchun foydali deb atadi va almashinuv shartlarini tanqid qildi.
«Men Vladimir Putinni yana bir ajoyib kelishuvga erishgani bilan tabriklamoqchiman», dedi Tramp.
Tramp, shuningdek, uning prezidentligi davrida garovga olingan 59 kishi hech qanday to‘lovsiz qo‘yib yuborilganini aytdi.