Donald Tramp Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, "Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirmaslikni" so‘radi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
"7 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida AQShning yangi saylangan prezidenti Putin bilan Rossiya-Ukraina urushini tezroq tugatishni muhokama qilgan. Donald Tramp Vashingtonning “Evropadagi muhim harbiy ishtirokini” eslatib, Rossiya prezidentini keskinlashuvdan saqlanishga chaqirgan", deb yozadi gazeta manbalariga tayanib.
WP suhbatdoshlari, shuningdek, Tramp kelishuvning Rossiya bosib olingan hududlarning bir qismi ustidan nazoratni saqlab qolishi haqidagi versiyasini qo‘llab-quvvatlashini "shaxsiy fikri sifatida ko‘rsatganini" bildirishgan.
"Ukraina hukumati Tramp va Putin o‘rtasidagi suhbat haqida ogohlantirilgan va Kiyev bunga e’tiroz bildirmagan", deb yozadi nashr. Reuters xabariga ko‘ra, ushbu telefon muloqotidan bir kun oldin Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan ham gaplashgan va Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan.