AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi. 9 yanvar kuni Tramp respublikachi gubernatorlar bilan uchrashuv oldidan, urushni tugatish maqsadida Putin bilan muzokara o‘tkazish niyatini bildirgan.
“Prezident Putin uchrashmoqchi, biz buni tashkil qilamiz. Qonli urushni tugatishimiz kerak”, dedi Tramp Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi haqida. Biroq muzokaralar sanasi hali aniq emas.
Trampning ma’muriyat davridagi tinchlik rejalari Ukraina hududlarining bir qismini Rossiyaga berishni nazarda tutishi mumkin. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Trampni urushda hal qiluvchi vositachi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlga rasmiy so‘rov hali yuborilmaganini ma’lum qildi va muzokaralar uchun Trampning lavozimga kirishini kutish to‘g‘ri bo‘lishini aytdi.