AQSh prezidenti Donald Tramp Adliya vazirligini Rossiyaning 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashuvi bo‘yicha o‘zidan oldingi prezident Barak Obama tomonidan AQSh razvedkasi ma’lumotlari bilan mumkin bo‘lgan manipulyasiyani tekshirishga chaqirdi.
Uning bayonoti Oq uy tomonidan efirga uzatilgan filippinlik hamkasbi Ferdinand Markos bilan muzokaralar chog‘ida aytilgan.
"Uyushgan jinoiy guruh rahbari prezident Obama edi. Barak Husayn Obama, siz u haqida eshitganmisiz? U aybdor. Bu davlatga xiyonat qilgan edi. Ular saylovni o‘g‘irlashga harakat qilishgandi", - dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Milliy razvedka boshqarmasi direktori Tulsi Gabbard qo‘lida Obama ma’muriyati ichida 2016 yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga aralashish bo‘yicha “jizaviy kelishuv”ga ishora qiluvchi minglab hujjatlar bor.