Telekanalning manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh prezidenti va Isroil bosh vaziri 28 iyul kuni G‘azodagi vaziyat bo‘yicha telefon orqali asabiy suhbat o‘tkazgan.
Muloqot davomida Netanyahu vaziri Trampga G‘azo sektoridagi ochlik bu HAMAS tomonidan uyushtirilgan soxta da’vo ekanini aytgan. Shunda Qo‘shma Shtatlar prezidenti uning gapini bo‘lib, baland ovozda unga ishonmasligini bildirgan.
"Men ochlik haqidagi soxta bayonotlarni eshitishni istamayman. Yordamchilarim menga G‘azoda sektorida bolalar ochlikdan aziyat chekayotganiga oid dalillarni ko‘rsatdi", — degan Tramp.
Bu suhbatdan bir kun oldin Netanyahu "G‘azoda ochlik siyosati olib borilmayapti va u yerda ochlik yo‘q", deya bayonot bergan edi. O‘shanda Tramp" uning gaplariga unchalik ishonmayman", deb aytgandi.
Isroil rasmiylari Trampning Netanyahuga baqirgani haqidagi xabarni rad etmoqda. Netanyahu ofisi bayonotida ikki yetakchi o‘rtasidagi suhbat hech qanday ko‘ngilsiz hodisasiz o‘tgani bildirilgan.