Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Netanyahu AQShda hibsga olinmasligini aytdi

Tramp Netanyahu AQShda hibsga olinmasligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning AQShga kutilayotgan tashrifi chog‘ida uning daxlsizligi to‘liq ta’minlanishini va Xalqaro jinoiy sud (XJS) orderlariga qaramay, u hibsga olinmasligini ma’lum qildi.

"Netanyaxu Qo‘shma Shtatlarda bo‘lgan vaqtida hech qanday holatda va hech qanday ko‘rinishda hibsga olinmaydi. U 52 000 nafar begunoh namoyishchini o‘ldirgan, so‘nggi 47 yil davomida esa amerikalik askarlar va boshqalarning umriga zomin bo‘lib kelayotgan Eronga qarshi kurashmoqda.

Hibsga olinishi kerak bo‘lgan odamlar bu Eronni o‘lim va vayronagarchilik girdobiga yetaklagan kimsalardir. Bu muammo bilan ancha avval, oldingi prezidentlar shug‘ullanishi kerak edi!", deb yozdi AQSh prezidenti o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq Nyu-York meri Zohran Mamdani Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Nyu-Yorkka kelganida uni hibsga olmoqchiligini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 12:35 21.07.2026. O'qildi: 1307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!