Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp nega ikkita «iPhone» ishlatadi?

A A A
Tramp nega ikkita «iPhone» ishlatadi?

AQSh prezidenti Donald Tramp eng kami ikkita funksiyasi cheklangan maxsus «iPhone» ishlatadi: ulardan birinchisi «Twitter»dagi yangiliklarni o‘qish uchun bo‘lsa, ikkinchisi faqat suhbatlar uchun.

Yordamchilarining «Twitter» uchun mo‘ljallangan telefonni har oy almashtirib turish kerak degan tavsiyalariga qaramay Tramp buni amalga oshirishdan tbosh tortadi. Masalan xavfsizlik xizmati xodimlari prezidentning telefonini besh oydan buyon tekshirishmagan.

Biroq ular suhbat uchun mo‘ljallangan uyali telefon qancha muddatda tekshirilishiga izoh berishmagan. Masalan, Trampdan oldingi prezident Barak Obama o‘z telefonlarini har 30 kunda tekshirtirishga berib turar edi.

Prezidentning uyali telefonlarida egasini kuzatish mumkin bo‘lmasligi uchun GPS funksiyasi o‘chirib qo‘yilgan. Undagi mikrofon va kameralar garchi oxirgi texnologiya namunasi bo‘lsa-da, begonalarning eshitish yoki mo‘ralash imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi.

Politico

Kiritildi: 04:07 22.05.2018. O'qildi: 1267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik