AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbat chog‘ida Jorjiya shtati rasmiylarini prezidentlik saylovlari natijalarini ko‘rib chiqish va g‘alabasi uchun yetishmayotgan ovozlarni "topishda" yordam berishga chaqirdi, deb yozadi Amerika OAV.
Jurnalistlar Trampning Jorjiya shtatidagi davlat kotibi Bred Raffensperger va boshqa rasmiylar bilan suhbatining audioyozuvini olishdi.
"Men faqat 7780 ta ovoz topilishini istayman ... chunki biz ushbu shtatda g‘alaba qozondik", dedi Tramp. U uzoq vaqtdan beri Jorjiyada va boshqa bir qator shtatlarda saylovlarda katta miqdordagi qonunbuzarliklar tufayli, xususan, byulletenlarni to‘ldirish sababli yutqazganini ta’kidlab keladi.
"Jorjiyada va butun mamlakatda odamlar baxtsiz. Shuning uchun siz haqiqiy byulletenlarni sanash natijalarini aniqlasangiz, hammasi joyiga tushadi", - deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.
Shuningdek, u suhbatdoshlarni Jorjiyadagi ovoz berish natijalarini qayta ko‘rib chiqishga va ushbu jarayonga "haqiqiy natijaga muhtoj bo‘lmagan odamlarni emas, balki paydo bo‘lgan savollarga javob topmoqchi bo‘lgan odamlarni" jalb qilishga chaqirdi.
Amerika ommaviy axborot vositalarining fikriga ko‘ra, bunday so‘zlar prezident saylov natijalarini ko‘rib chiqish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylarga bosim o‘tkazishga urinayotganligini ko‘rsatadi.
Respublikachilar Jorjiya shtatida hokimiyat tepasida. Tramp bir necha bor davlat hokimiyatini noyabrdagi prezident saylovlarida qonunbuzarliklarning oldini ololmagani uchun tanqid qilgan.