Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Mask bilan munosabatlarini oshkor qildi

Tramp Mask bilan munosabatlarini oshkor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik milliarder va ixtirochi Ilon Mask bilan yaxshi munosabatda ekanini ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari Oq uy tomonidan efirga uzatilgan matbuot anjumanida aytdi.

«Ilon bilan hammasi yaxshi. Menga Ilon yoqadi. Men uni doim yoqtirganman (…) U yaxshi va juda qobiliyatli yigit», — dedi Amerika rahbari.

Tramp Mask bilan ilgari bo‘lgan kelishmovchilikka ham izoh berdi va buni milliarder hayotidagi «ahmoqona davr» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, konservativ faol Charli Kirk xotirasiga bag‘ishlangan marosimda birgalikda qatnashganlaridan so‘ng ularning munosabatlari yana tuzala boshlagan.

Kiritildi: Bugun 15:33. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!