Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Tramp ma’muriyati “AQSh sudiga hurmatsizlik qilish”da aybdor deb topilishi mumkin

A A A
Tramp ma’muriyati “AQSh sudiga hurmatsizlik qilish”da aybdor deb topilishi mumkin

Donald Tramp ma’muriyati “AQSh sudiga hurmatsizlik qilish”da aybdor deb topilishi mumkin. Bu haqda BBC xabar berdi.

AQSh federal sudyasi Jeyms Boasberg prezident Donald Tramp ma’muriyatini shu yil mart oyida 200 dan ortiq venesuelaliklarni Salvadorga deportasiya qilish bo‘yicha qarorni “atayin e’tiborsiz qoldirgani” uchun aybdor deb topishi mumkinligini bildirdi.

"Sud bunday xulosaga osonlik bilan yoki shoshilinch tarzda kelmaydi. Aksincha, javobgarlarga o‘z harakatlarini tuzatish yoki tushuntirish uchun yetarli imkoniyatlar beriladi", — dedi Boasberg.

Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, agar Tramp ma’muriyati o‘z harakatlarini tushuntirib bera olsa va mart oyida chiqarilgan sud qaroriga muvofiqlashtirsa, jazodan qutulishi mumkin. Bu ish bo‘yicha zarur hujjatlar 23 aprelgacha taqdim etilishi kerak. Oq uy esa bu qarorga e’tiroz bildirishini ma’lum qildi.

Boasbergning ayblovlari 8 aprel kuni AQSh Oliy sudi 1798 yilda qabul qilingan qonunga asoslanib, Tramp ma’muriyati odamlarni ommaviy ravishda deportasiya qilishi mumkinligini amalda tan olganiga qaramay yangramoqda.

Bu qonun prezidentga sud qarorisiz Qo‘shma Shtatlar bilan urushayotgan mamlakatlar fuqarolarini hibsga olish va deportasiya qilish imkonini beradi.

Agar Tramp ma’muriyati sudga hurmatsizlik qilgani aniqlansa, Boasberg "aybdor" deb topilgan amaldorlarni jinoiy javobgarlikka tortishni tavsiya qilishi mumkin. Biroq bu qarorni amalga oshirish Tramp tomonidan tayinlangan bosh prokurorga bo‘ysunadigan federal prokurorlarga bog‘liq bo‘ladi.

Kiritildi: 17:15 17.04.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!