Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp Kim Chen Inga o‘zining limuzinini ko‘rsatdi (video)

A A A
Tramp Kim Chen Inga o‘zining limuzinini ko‘rsatdi (video)

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan sayr davomida unga o‘zining prezidentlik limuzinini ko‘rsatgan. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.

Seshanba, 12 iyun kuni, Singapurda AQSh - Shimoliy Koreya sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Davlatlar yetakchilari uchrashuv o‘tkazishdi, hozir vaqtda yakuniy hujjatlarning imzolanishi kutilmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Maxfiy xizmati xodimlari The Beast («Yirtqich») nomi bilan mashhur prezidentlik limuzini eshigini ochib berishgan, shundan so‘ng Tramp Kim Chen Inga avtomobil salonini ko‘rsatdi.

Jurnalistlar AQSh va KXDR yetakchilari nima haqida gaplashishganini eshitishmagan, biroq ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya yetakchisi «tabassum qilib turgan».

Kiritildi: 11:28 12.06.2018. O'qildi: 2241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik