Tramp ma’muriyati Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatish o‘rniga, keksa amerikaliklarga yordam berishga ustuvor ahamiyat beradi. Bu haqda vise-prezident Djey Di Vens ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, AQSh hukumati nafaqaga chiqqan keksa amerikaliklarga yordam ko‘rsatmoqda, jumladan, ijtimoiy sug‘urta solig‘ini bekor qilish bo‘yicha. Asosiysi, avvalgi avlodlarga hurmat ko‘rsatish, ularning mablag‘larini Ukraina ehtiyojlariga yo‘naltirmaslik.
Eslatib o‘tamiz, 11 dekabr kuni Tramp AQSh Ukrainaga pul sarflamayotganini ma’lum qilgandi. NATO qurol-yarog‘ tashishni ta’minlaydi, moliyaviy qismi esa ittifoqchi davlatlar zimmasida.