AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadadan import qilinadigan avtomobillar, avtomobil ehtiyot qismlari va po‘latga boj stavkalari 50 foizgacha oshirilishini ma’lum qildi. Trampning bu bayonoti bugun tarqalgan xabarlarda ham qayd etilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kanada "ko‘p yillardan beri AQShni talab kelmoqda".
"2027 yil 1 yanvardan boshlab barcha yengil va yuk avtomobillari — katta-kichikligidan qat’i nazar, avtomobil ehtiyot qismlari hamda po‘latga boj stavkalari 50 foizgacha oshiriladi. AQShda ishlab chiqaring — u yerda bojlar nolga teng", — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Shuningdek, u bundan buyon Kanadaga "davlat sifatida munosabatda bo‘linmasligi"ni ta’kidladi.