Prezident saylovida g‘alaba qozongan respublikachi Donald Tramp jamoasidagi kelishmovchiliklar jiddiy ziddiyatlarga olib kelmoqda.
Bu haqda The Washington Post gazetasi xabar bermoqda.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, mojarolar "janjal va shaxsiyatga o‘tish"ga aylanib boryapti.
Qayd etilishicha, Tramp "hozirda o‘z jamoasidagi mojaroni muammo deb hisoblamaydi."