Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Tramp jamoasi “qudratli ko‘rinishga bo‘lgan ishtiyoq bilan band”

Tramp jamoasi “qudratli ko‘rinishga bo‘lgan ishtiyoq bilan band”

Financial Times'ga ko‘ra, Tramp jamoasi Ukrainadagi urushni tugatishga yondashuvini qayta ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda ushbu masalani AQShning bo‘lajak ma’muriyati bilan muhokama qilayotgan yevropalik rasmiylar ma’lum qilgan.

Amaldorlardan biri Tramp jamoasi “qudratli ko‘rinishga bo‘lgan ishtiyoq bilan band” ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning saylangan prezidenti jamoasi shu sababdan Ukraina masalasiga yondashuvni qayta ko‘rib chiqmoqda.

"Tramp jamoasi hali mojaro qanday hal etilishini batafsil o‘ylab ko‘rmagan. Bu, ehtimol, Ukrainaga yordam Trampning AQSh prezidenti sifatida inaugurasiyasidan keyin ham davom etishini anglatadi. Buni Trampning Ukrainadagi mojaroni yarim yil ichida to‘xtatish mumkinligi haqidagi so‘zlaridan ilg‘ash mumkin", deb yozadi Financial Times.

Donald Tramp ma’muriyati o‘z harakatlari Jo Bayden davrida AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi bilan taqqoslanishi mumkinligidan xavotirda. Ular Tramp prezidentligi davrida Ukrainada bunday vaziyat takrorlanishini istamasligini ta’kidlashmoqda.

Kiritildi: 23:48 09.01.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!