Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Tramp jamoasi Pentagonda ishdan bo‘shatilganlar ro‘yxatini tayyorlamoqda

Tramp jamoasi Pentagonda ishdan bo‘shatilganlar ro‘yxatini tayyorlamoqda

Donald Trampning jamoasi AQShning yangi prezidenti lavozimiga kirishganidan so‘ng ishdan bo‘shatilishi rejalashtirilayotgan yuqori martabali harbiylar ro‘yxatini tuzishga kirishdi. Reuters manbalariga ko‘ra, hatto Amerika qurolli kuchlarining oliy boshqaruv organi bo‘lgan shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi a’zolari ham xavf ostida bo‘lishi mumkin. Agar Trampning rejalari amalga oshsa, bu AQSh tarixidagi Pentagonning eng yirik qayta tashkil etilishi bo‘ladi.

Trampning o‘zi bu rejani qo‘llab-quvvatlayaptimi yoki yo‘qligi hozircha noma’lum, biroq u avvalroq Pentagon rahbarlarini bir necha bor tanqid qilgan. Saylov kampaniyasi davomida u «uyg‘ongan generallar», ya’ni diskriminasiyaga faol qarshi chiqqanlarni ishdan bo‘shatish zarurligi haqida gapirdi.

Manbalarning ta’kidlashicha, ishdan bo‘shatish sobiq birlashgan shtab boshliqlari Mark Milliga aloqador harbiy xizmatchilarga ta’sir qilishi mumkin. Milli Trampning birinchi prezidentligida ishlagan va «Urush» kitobida Trampni «fashist» deb atagan.

Bundan tashqari, Tramp jamoasining xatti-harakatlari avvalroq Pentagonni tubdan isloh qilishga chaqirgan bo‘lajak mudofaa vaziri Pit Xegsetning fikrlariga mos kelishi taxmin qilinmoqda. Xegset o‘z kitobida shunday deb yozgan edi: «Ko‘p odamlarni [Pentagondan] ishdan bo‘shatish kerak».

Biroq, mutaxassislar bunday keng ko‘lamli o‘zgarishlarning maqsadga muvofiqligiga shubha qilishadi. Xususan, byurokratik to‘siqlar va Mudofaa vazirligining murakkab tuzilmasi bu rejalarni amalga oshirishni qiyinlashtiradi.

Kiritildi: Bugun 14:29. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!