Tramp jamoasi Orbanning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini "ko‘rib chiqadi".
Bu haqda AQShning yangi saylangan prezidentining bo‘lajak maslahatchisi Mayk Uols ma’lum qildi.
Avvalroq Vengriya bosh vazir Vladimir Putinga "Rojdestvo sulhi"ni joriy etish va Ukraina bilan mahbuslarni almashishni taklif qilgan edi. Bu g‘oya Zelenskiyga ham yetkazilgan, biroq, Orbanning so‘zlariga ko‘ra, u bu taklifni rad etgan.