AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni bilan uchrashdi.
"Bu juda hayajonli, men bu yerda ajoyib ayol, Italiya Bosh vaziri bilan birgaman. Bu haqiqatan ham Yevropani va boshqa barchani bo‘ron bilan qamrab oldi va biz bugun kechki ovqat qilyapmiz" - dedi Tramp jurnalistlar bilan suhbatda.
Muzokaralar AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning 9-12 yanvar kunlari Rimga tashrifi oldidan bo‘lib o‘tdi.
Prezidentlik poygasida g‘olib chiqqan Tramp Mar-a-Lagoda Argentina prezidenti Xavyer Miley, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni qabul qildi.