Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp iPhone AQShda ishlab chiqarilishini xohlamoqda

Tramp iPhone AQShda ishlab chiqarilishini xohlamoqda

AQShda iPhone’ni mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun barcha zarur resurslar va malakali ishchi kuchi mavjud, dedi Oq uy matbuot kotibi Karolin Livitt.

- Mutlaqo. Uning (prezident Donald Trampning) fikricha, bizda ishchi kuchi bor, bizda mehnat resurslari bor, bizda mamlakat ichida (iPhone) ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa bor," - dedi Livitt jurnalistlarga.

Amerikaliklar prezident ma’muriyatining savdo bojlari tufayli Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxi oshishidan qo‘rqib, Apple mahsulotlarini, jumladan, iPhone’ni faol sotib ola boshladi, deb yozadi Bloomberg.

Agentlikning tushuntirishicha, Apple’ning eng ko‘p sotilgan mahsuloti bo‘lgan iPhone’ning aksariyati Xitoyda ishlab chiqariladi.

Trampning bojlar haqidagi bayonotidan keyin boshlangan Amerika fond bozorining qulashi Apple’ga ayniqsa qattiq zarba berdi. O‘tgan haftada kompaniyaning bozor kapitallashuvi 500 milliard dollardan ko‘proqqa tushib ketdi.

Kiritildi: 22:16 09.04.2025. O'qildi: 956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!