Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp: hujjatlarning maxfiyligi qolmagandi

A A A
Tramp: hujjatlarning maxfiyligi qolmagandi

“Mar-a-Lago” qarorgohida AQSh Federal qidiruv byurosi tomonidan tintuv paytida topilgan barcha hujjatlar maxfiylikdan chiqarilgan. Qo‘shma Shtatlar sobiq Prezidenti Donald Tramp o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida shu haqda bayonot berdi.

- Birinchidan, barcha hujjatlarning maxfiylik darajasi, allaqachon, bekor qilingan, deyiladi bayonotda. - Ikkinchidan, qarorgohimga hujum uyushtirmasdan, “o‘yin qilmasdan” hujjatlarni olishlari mumkin edi.

Tramp hujjatlardan qachon maxfiylik darajasi olib tashlanganiga aniqlik kiritmadi.
Amerika Prezidenti muayyan hujjatlarni tasniflash va maxfiylikdan chiqarish uchun keng vakolatga ega. Bunday harakatni amalga oshirish tartibini ham davlat rahbarining o‘zi belgilaydi. Cheklov faqat rezvedka xodimlarining shaxsi haqidagi materiallar va yadro sohasiga oid hujjatlarga tegishli. Qo‘shma Shtatlar Prezidenti hujjatlarni o‘z xohishiga ko‘ra oshkor qilolmaydi.

Kiritildi: 15:26 13.08.2022. O'qildi: 1869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik