AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Grenlandiya mavzusida yangi surat joyladi.
Suratda Tramp orol tomon qo‘l cho‘zayotgani tasvirlangan bo‘lib, u postga: “Salom, Grenlandiya!” deya izoh qoldirgan.
Mazkur post ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tramp avval ham Grenlandiyaga qiziqish bildirib, orolni sotib olish g‘oyasini ilgari surgan edi.