«Ular bu urushni tugatishlari kerak... Bu Isroilga zarar keltiryapti», — dedi Tramp va u G‘azo shahrini okkupasiya qilish rejasini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
🇺🇸 AQShda, jumladan, Respublikachilar partiyasi ichida ham Isroilga nisbatan qo‘llab-quvvatlash pasayib borayotgani haqidagi savolga Tramp: «Men bu haqda bilaman», — deb javob berdi. U 15–20 yil oldin Isroilning Kongressda eng kuchli lobbisi bo‘lganini, hatto u yerdagi nazoratni to‘liq o‘z qo‘lida ushlaganini qayd etdi, biroq hozirgi vaziyat keskin o‘zgarganini aytdi.
«Bor vaqtlarda agar siz siyosatchi bo‘lishni istasangiz, Isroil haqida yomon so‘z aytishingiz mumkin emasdi. [...] Ularning lobbisi men ko‘rganlar ichida eng kuchlisi edi... Ular Kongressni to‘liq nazorat qilardi», — dedi u.
2024 yil aprel oyida ham Donald Tramp Isroilning G‘azodagi urush olib borish uslubini tanqid qilgan va uning piar (PR) sohasida yutqazayotganini ta’kidlagan edi. U urushni tezda tugatish va tinchlikka qaytishni taklif qilgan.
Shuningdek, u Isroil tomonidan e’lon qilingan G‘azodagi vayrona va qurbonliklar aks etgan kadrlar haqida shunday degan:
«Bu tasvirlar eng g‘amgin, eng dahshatli kadrlar. Menimcha, ularni (Isroilni) kuchli ko‘rsatmaydi. Ular piar urushda yutqazmoqda. Juda katta yutqazmoqda».