Donald Tramp Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan gaplashib, G‘azo sektoridagi mojaroga barham berishga yordam berish istagini bildirdi.
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp 2017 yildan beri ilk bor Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qildi. Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgani va Amerika elchixonasini u yerga ko‘chirgach, yetakchilar o‘rtasidagi aloqalar uzilgan.
Falastin rasmiylari suhbat ijobiy o‘tganini qayd etdi. Tramp G‘azo sektoridagi urushni tugatishga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
❕ Abbos Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi va mintaqada tinchlikka erishish uchun AQSh bilan hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqladi.