Xitoy bilan 90 kunlik savdo sulhi e’lon qilinganidan keyin, Tramp Yevropa Ittifoqiga nisbatan keskin fikr bildirib, uni "ko‘p jihatdan Xitoydan ham yomonroq" deb ta’rifladi.
U Yevropa Ittifoqini AQShga nisbatan adolatsiz munosabatda ayblab, bunga javoban qat’iy choralar ko‘rishini va’da qildi.
Amerika bojlarini bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun bir necha bor urinishlar bo‘lishiga qaramay, tomonlar Pekindan farqli o‘laroq, hali biron-bir natijaga erishmadi.
Politico ma’lumotlariga ko‘ra, Bryussel ehtimoliy tarif imtiyozlari ro‘yxatini taklif qilgan, ammo shu bilan birga 95 milliard yevroga teng qarshi choralar bilan ham tahdid solgan.