Bugun, 18 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniyada immigrasiya masalasida yuzaga kelgan bahs sabab Yevropa yuritayotgan migrantlar siyosatini tanqid qildi.
“Germaniya xalqi o‘z yetakchilariga qarshi chiqib, busiz ham qiyin ahvoldagi koalision hukumatni yanada tang ahvolga tushirmoqda. Mamlakatda jinoyat ko‘payib boryapti. Yevropa katta xatoga yo‘l qo‘ydi – millionlab migrantlarning kelishiga ruxsat berdi. Ular mahalliy madaniyatni qo‘pol va sezilarli tarzda o‘zgartirdi”, deydi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Shuningdek, Amerika prezidenti AQShda ham bunday hol yuz berishiga aslo toqat qilolmasligini ta’kidlagan.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda Italiya mamlakatga kelayotgan noqonuniy migrantlarni qabul qilmayapti. Italiyada qabul qilinmagan minglab migrantlar Ispaniyaga kiritildi.
Manba: qalampir.uz