AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammiti chog‘ida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vashington Eron iqtisodiyotini tiklashga yordam berish maqsadida ushbu davlat nefti savdosiga qo‘yilgan ayrim sanksiyalarni yumshatishi mumkinligini bildirdi.
🗣️ «Ularga mamlakatdagi tartibni tiklash uchun pul kerak. Biz buning ro‘y berishini xohlaymiz», — dedi Tramp ehtimoliy yengillashuv haqidagi savolga javob berar ekan.
📌 Bu bayonotlar Tehron va Tel-Aviv o‘rtasidagi yangicha to‘xtatib turish kelishuvi fonida yangradi. Bundan avval Tramp Xitoyga Eron neftini xarid qilishda davom etishi mumkinligini aytgan, ayni paytda Isroil va Eron o‘rtasidagi otishmalar to‘xtagani e’lon qilingan edi.
Shu bilan birga, Oq uy rahbari ta’kidlashicha, Vashington Eronga nisbatan "maksimal bosim" strategiyasini saqlab qoladi, jumladan, Eron neftini eksport qilishga qaratilgan cheklovlar ham amalda qoladi.