Tramp AQSh prezidentlarining yangi reytingini tuzib, o‘zini yana "eng buyuk prezident" deb atadi.
AQShning amaldagi prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan reytingiga "Buyuklar" qatoriga Avraam Linkoln, Jorj Vashington, Franklin Ruzvelt, Tomas Jefferson va Endryu Jeksonni kiritdi.
"Eng yomonlar" safidan Jo Bayden, Barak Obama, Jorj Bush, Uliss Grant, Uorren Harding, Jimmi Karter va Herbert Huver joy oldi.
Donald Tramp avval ham AQSh prezidentlari reytingini e’lon qilgan va o‘zini "eng buyuk", deb belgilagan edi.