Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp bu yil iftor berish an’anasini davom ettirmoqchi

A A A
Tramp bu yil iftor berish an’anasini davom ettirmoqchi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp 6 iyun kuni ro‘za tutuvchilarga kuni iftor beradi. Bu haqda TRT xabar tarqatdi.

Ta’kidlash o‘rinli, Tramp o‘tgan yili iftor bermagan edi.

AQSh Prezidentlari tomonidan necha yillardan beri ramazon oyida an’anaviy ravishda uyushtirilib kelinayotgan iftor dasturini o‘tgan yili bekor qilgan Tramp bu yil an’anani davom ettirish haqida qaror qabul qildi.

“New York Times” tarqatgan ma’lumotga ko‘ra iftor dasturi haftaning chorshanba kuni o‘tkaziladi.

Oq uydan mehmonlar ro‘yxati haqida hali hanuz bayonot berilmadi.

Iftorga AQSh Tashqi ishlar vazirligining mezbonlik qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 10:11 04.06.2018. O'qildi: 1734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik