AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaning Shimoliy dengizda energiya ishlab chiqarishni to‘xtatish niyatini juda katta xato deb atadi.
Donald Tramp 8 noyabr kuni Shotlandiya Savdo-sanoat palatasining Apache neft kompaniyasi 2029 yil dekabrigacha Britaniyadagi o‘z zavodlarida energiya ishlab chiqarishni to‘xtatish niyatida ekani haqidagi bayonotiga izoh berdi. Kompaniya o‘z qarorini mamlakatdagi faoliyati ortiqcha foydadan olinadigan soliqlar oshishi va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash zarurati tufayli foydasiz bo‘lib borayotgani bilan izohladi. Tramp "Buyuk Britaniya katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda", dedi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Britaniya Shimoliy dengizni ochishi kerak.
HuffPost nashrining yozishicha, o‘z saylovoldi dasturida Mehnat partiyasi toza energiya manbalariga o‘tish maqsadiga erishish uchun Shimoliy dengizda burg‘ulash ishlariga yangi lisenziyalar bermaslikka va’da bergan.