AQShning Sharqiy sohil hududida soat tungi 12 ni ko‘rsatdi, 9 aprel boshlandi va shu bilan prezident Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan deyarli barcha davlatlardan importga qo‘yilgan boj to‘lovlari rasman kuchga kirdi.
Osiyodagi ochilgan qariyb barcha fond birjalari indekslari pasayishda davom etmoqda. Xususan, Tokio birjasi Nikkei 225 ochilishdan so‘ng 2,6 foizga, Tayvan birjasi Taiyex esa 4 foizga tushdi. Faqatgina Shanxaydagi SSE Composite indeksi hozircha pasaymayapti, biroq mutaxassislar ushbu birjada ham tushish kuzatilishini taxmin qilishyapti.
Shu bilan birga, global inqiroz va unga mos ravishda talabning kamayishi kutilayotgani tufayli neft narxlari so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng quyi darajaga yetdi, Brent markali neft narxi bir barrel uchun 60 dollar atrofida turibdi.