Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Baydenning tezroq tuzalib ketishini tiladi

Tramp Baydenning tezroq tuzalib ketishini tiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp prostata saratoni tashxisi qo‘yilgan o‘zidan oldingi prezident Jo Baydenga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

U tegishli nashrni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirdi.

"Melaniya va men Jo Baydenning yaqinda qo‘yilgan tibbiy tashxisidan qayg‘udamiz. Sobiq prezidentning rafiqasi Jill va uning oilasiga eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz, Joning tez va muvaffaqiyatli tuzalib ketishini tilaymiz", deb yozgan Tramp.

Avvalroq Bayden vakillari AQShning 46-prezidentiga prostata saratonining agressiv shakli tashxisi qo‘yilgani haqida bayonot tarqatgan edi. Ularning fikriga ko‘ra, saraton gormonal terapiyaga javob beradi, bu esa uni samarali nazorat qilish imkonini beradi.

Amerika ma’muriyatining sobiq rahbari 82 yoshda. 2023 yilning mart oyida u xavfli teri lezyonini olib tashlash uchun operasiya qilindi.

Kiritildi: 08:42 19.05.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!