Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Tramp: "Bayden muntazam ravishda Ukraina mavzusida noto‘g‘ri bayonotlar bergan"

Tramp: "Bayden muntazam ravishda Ukraina mavzusida noto‘g‘ri bayonotlar bergan"

AQSh prezidenti Jo Bayden “Ukraina, albatta, NATOga a’zo bo‘ladi”, deb aytmasligi kerak edi, dedi sobiq davlat rahbari Donald Tramp.

Bayden mutlaqo noto‘g‘ri gaplarni aytdi. Ulardan biri “Ukraina NATOga qo‘shiladi” degan gap. Men bu gapni tinglaganimda “Bu odam urush boshlaydi”, deb o‘ylagandim, — dedi Tramp All In podkastida.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, Bayden muntazam ravishda Ukraina mavzusida noto‘g‘ri bayonotlar bergan. Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Bayden “aqldan ozgan fikrlar”ni aytishda davom etmoqda.

Shu bilan birga, Tramp hokimiyatga kelsa, Ukrainaga AQSh harbiylarini yubormasligiga kafolat bera olishini aytdi

Fransiya hamda Germaniyada vaziyat butunlay boshqacha, chunki ular uchun Ukraina “deyarli qo‘shni”, — deb ta’kidladi Tramp.

Trampning yana bir bor ta’kidlashicha, agar hozir AQSh prezidenti Bayden emas, balki o‘zi bo‘lganida, Ukrainadagi mojaro boshlanmagan bo‘lardi.

Kiritildi: 23:58 22.06.2024. O'qildi: 1100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!